Shimoliy qutb

Kompasni qanday aylantirma, uning ko‘k ko‘rsatkichi shimolni ko‘rsatib turadi. Shimoliy qutb Arktikada, Shimoliy Muz okeanida joylashgan. Okean deyarli hamma vaqt  qalin muz qatlami bilan qoplangan. Ba'zan, ulkan muz parchalari sinib, boshqa okeanlar bo‘ylab suzib yuradi.  Bundan muz tog‘i aysberg deb aytiladi.

 Arktikada, hatto yozda ham havo harorati noldarajadan yuqoriga chiqmaydi. Bu erda tun yarim yilda bir marta kunga almashadi. Quyosh chiqishi 19-martda boshlanib, botishi 24-sentyabrda yuz beradi. Qutbtuni boshlanadi. Bu vaqtda g‘aroyib go‘zal manzara – qutb yog‘dusini ko‘rish mumkin. U kutilmaganda osmonda paydo bo‘lib, 10 daqiqadan bir necha sutkagacha davom etishi mumkin. Bir lahzada o‘ynab yurgan rangli nurlar va chiziqlar paydo bo‘ladi. Yoki butun samoda sharqdan g‘arbga  rang-barang parda taraladi. Shimoliy qutb ko‘kish-yashil va qizg‘ish-sariq ranglarda tovlanadi. U tinmay shaklini o‘zgartirib, harakatlanishda davom etadi.

Arktikaning beayov iqlimiga qaramasdan, bu erda sovuqni pisand etmaydigan jonivorlar va qushlar yashaydi. Oq ayiq, qutb boyo‘g‘lisi, tyulenlar, morjlar, nahanglar, qunduzlar, shimol bug‘ulari va boshqalar yashaydi.

Oq ayiqni “Arktika xo‘jayini” deb atashadi. U haqda keyingi maqolada senga hikoya qilib beraman.