Введите код со страницы журнала

Аудио сказки

Bolalikning zavqi bo'lak

 

Bolalar ijodiBolaligim podsholigim,

Orzularga oshnoligim.

Sho‘xliklar-u donoligim,

Bolalikning zavqi bo‘lak.

 

Erta tongdan to tungacha,

Biz o‘ynagan toshli ko‘cha.

Issiq non-u, tandir kulcha,

Bolalikning zavqi bo‘lak.

 

Yillar oqar misli daryo,

O‘yga tolib qoldim goho.

Biz istagan o‘sha dunyo,

Bolalikning zavqi bo‘lak.

 

Maftuna Tog‘ayeva,

Samarqand vil., Paxtachi tum.