Введите код со страницы журнала

Аудио сказки

Bahor

Bolalar ijodi

 

Bahor gulga o‘xshaydi,

Men bulbulga o‘xshayman.

G‘uncha labin ochsaydi,

Qushdek sayrashga shayman.

 

Vatanimning bog‘lari,

Gul-chamanga burkangan.

Yuvilgan dil dog‘lari,

Kuy-qo‘shiqqa o‘rgangan.

 

Dugonalar jam bo‘lib,

Chiqdik lola sayliga.

Hur zamonda kim qancha,

O‘ynab-kulsa maylida.

 

Oybarchin Bakirova,

Samarqand vil., Qo‘shirobod tum.