Bolalar ijodi / Детское творчество

Erkatoy

 

Bolalar ijodiHar bitta iste’dodni,

Qadrlaysan Erkatoy.

She’riyat, adabiyotni,

Yoqtirasan hoynahoy.

 

Boshqotirma, qo‘shiqlar,

Dillarni xushnud aylar,

Qalblarga ziyo berib,

Zehnimizni oshirar.

 

Bolalarning ijodi,

Qator-qator terilar.

Shoirlarning hayoti,

Ibrat istab berilar.

 

Obuna bo‘lmoq uchun,

Shaylanamiz hamma vaqt.

Har soningni intiq-la,

Kutmoq asli katta baxt.

 

Maftuna Tog‘ayeva,

Samarqand vil., Paxtachi tum