Bolalar ijodi / Детское творчество

O'zbekiston mustaqil yurt

 Bolalar ijodi

Jahon noming tanidi bugun,

Unitilmas to abad shu kun.

Kelajakka umidla qarang,

O‘zbekiston mustaqil yurtdir.

 

Biz yoshlarda barcha shijoat,

O‘zbekiston bo‘ldi hur, jannat.

Tanitamiz nomini albat,

O‘zbekiston mustaqil yurtdir.

 

Bog‘-u rog‘lar o‘ng-u so‘limiz,

Osmonlarga yetar qo‘limiz.

Ochiq erur doim yo‘limiz,

O‘zbekiston mustaqil yurtdir.

 

Hikmatoy Hasanov,

Samarqand vil., Kattaqo‘rg‘on tum.