Bolalar ijodi / Детское творчество

O‘zbek tili

O‘zbek tili

 

Tilimiz so‘zlarga boy,

Odobdan olgan chiroy.

Xushmuomalalik bilan

Porlab turar misli oy.

 

Navoiy bobomlarni

So‘zlab yodga olaman,

Ruboiy, g‘azallarin

O‘qibon lol qolaman.

 

O‘rgansangiz cheki yo‘q,

Misli ummonga o‘xshar.

U yerda tilimizga,

Hissa qo‘shgan ko‘p yashar.

 

Qancha-qancha asrlar

Bizga xizmat qiladi.

Hali Xudo xohlasa

Dunyo tili bo‘ladi.

 

Muhlisa Abdunosirova

Toshkent sh., Sirg‘ali tum.