Bolalar ijodi / Детское творчество

Erkatoyga maktub

Bolalar ijodi, эркатой 

Ezgulikni xohlayman,

She’r yozishni boshlayman.

“Erkatoy”da she’rimni

Chop etishni istayman.

 

She’rim manzur bo‘lsa gar

Juda xursand bo‘laman.

Yangi she’rlar yozib men,

Elga taqdim etaman.

 

Go‘zal diyor – Vatanni

Sevib, ardoqlab uni,

Yaxshi xulq-u, ilmim bilan

Yuksaltirsam, deyman uni.

 

Zohid  Lapasov

Samarqand sh.