Bolalar ijodi / Детское творчество

Matematika

 Matematika

Matematika qiziq

Sonlar mo‘l, juda inoq.

O‘zaro tizilishib,

Hisobda doim o‘rtoq.

 

Qo‘shish va ayirishlar,

Bo‘lish va ko‘paytirish.

Bir-biriga teskari,

Nimalar deyishmaydi.

 

Shunday bo‘lsada ular,

Inoq aka-ukalar.

Yuz, ming, million bo‘lsa ham,

Hisobni to‘g‘ri qilar.

 

Elnura Erkinboyeva

Xorazm vil., Xorazm t.