Nechta mehmon keldi?
Asalari tug‘ilgan kuniga stol tuzadi, stullarni qo‘yib do‘stlarini mehmonga taklif qildi.
Birinchi bo‘lib ikkita pilla qurti kelib stullarga joylashdi. Keyin uchta kapalak kelib ular ham stol atrofiga joylashdi. Keyin chigirtkalar kelib ikkita stuldan joy oldi.
Ustozlar
Orif To‘xtash
Siz bergan odob yashar,
Ruhiyatda, tanda ham.
Barchamizga o‘rnaksiz,
Hayot degan fanda ham.
Siz shu qadar fidoyi,
Siz bunchalar jonkuyar.
Shu tufayli Ustoz deb –
El ardoqlar, el suyar.
Shapaloq
Dilshod Rajab
Kundalikni kuzatib,
Ona dedi xafaroq:
-Yana ham “ikki” olsang,
Yeysan ikki shapaloq! –
Qo'shnilar
Dilshod Rajab
-Farhodlarning uyini,
Ko‘rsatvor-chi, Xolida.
O‘zingiz boravering,
Uyimizning oldida.
“Hussa”
Dilshod Rajab
- Men kichkina bo‘lsam ham,
Oyimga yordamchiman, -
Deydi ovqatdan keyin,
Maqtanib jajji Juman. –