Jurnaldagi kod raqamini kiring

Audio ertaklar uz

2017 yil xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Qora mushukcha

Ma’mur Qahhor

Qora mushukcha

 

Oyi, qora mushukchaga

Popuk taqib qo‘yaylik.

Oyi, qora mushukchani

Oppoq rangga bo‘yaylik.

 

Shunda qora mushukchani

Quvmas daydi bolalar.

“Falokatning belgisi” deb

Atamaydi xolalar.

Chigirtka

Aziz Abdurazzoq

Chigirtka

 

— Hoy, chigirtka, chigirtka,

Sen ham ekin yeysanmi?

Hoy, chigirtka, chigirtka,

Ekmay tekin yeysanmi?

 

— Men ham ekin yeyman, ha,

Lekin tekin yemayman.

Yesam halol deyman, ha,

Sira tekin demayman.

Farosatsiz eshak

(O‘zbek xalq ertagi)

Farosatsiz eshakBir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir eshak bo‘lgan ekan. U o‘zini juda aqlli deb bilar ekan.  Kunlardan bir kuni u bir bog‘ga kiribdi. Qarasa, daraxtlarda mevalar, polizda qovun tarvuz-u qovoqlar pishib yotgan emish.

Eshak darxtlardagi mevalarga, polizdagi qovoqlarga qarab, diqqat bo‘libdi.

Shalpang quloqlarini qimirlatib:

- Xudoyim-ku hamma narsani bilib yaratgan-a, lekin ko‘p narsalar borki, ularni boshqacharoq qilib yaratish kerak edi-da, — debdi.

Galaxy Siege

Galaxy Siege

Poyezd o‘yini

Poyezd o‘yini