Jurnaldagi kod raqamini kiring

Audio ertaklar uz

2017 yil xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Bo‘lib yeyishdi

Mahmud Murodov

“Gulgina” kitobidan olindi

Bo‘lib yeyishdiZiroat opa ishdan qaytayotganda, qizchasi Odila eshik oldida o‘ynab o‘tirgan edi. U yugurgancha borib, onasini quchoqladi. Ona Odilaning peshanasidan o‘pdi. Sumkasidan uch dona konfet olib berdi.

—Hammasi o‘zimgami? — deb so‘radi Odila.

—Ha, o‘zingga, — dedi Ziroat opa.

—Yo‘q, o‘zimgamas. Bo‘lib yeymiz.

Uyga kirganda Odila konfetlarni buvisiga berdi.

—Buvijon bo‘lib bering.

Mehribon

Mahmud Murodov

“Gulgina” kitobidan olindi

MehribonSalimjonning dadasi kechqurun katta qovun so‘ydi-da, bir kosasini onasining oldiga qo‘ydi. Qolganlarini laganda karjladi. Salimjonning onasi Karomat shkafdan qirg‘ich keltirib, buvisining qovunini qirib berdi. Hammalari qovun yeya boshlashdi. Faqat Salimjongina qo‘l cho‘zmay otirdi.

—Ol, nega yemayapsan? — deb so‘radi oyisi.

—Mengayam o‘shanaqa qilib bering, — dedi Salimjon buvisi yeyayotgan qovunga ko‘z tashlab.

Dehqonlar va kartoshka

Dehqonlar va kartoshka

Dehqon va sehrgar

bolalar, uchun, qiziqarli, matematik, boshqotirma

Sizning sevimli jurnalingiz “Erkatoy”ning may sonida:

 

 

- “San’atga baxshida umr” sarlavhasi ostida, ustoz san’atkor, millionlab bolajonlarga musiqadan saboq bergan bobo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shermat Yormatovning umr yo‘li haqidagi maqola.

- Toshbaqa qayerga shoshib ketyapti?

- Robinzon Kruzo kim?

- Chuvalchang yomg‘iri.

Shu bilan birga, bir-biridan qiziqarlu boshqotirmalar-u, ajoyib she’rlarni mutolaa qilib zavqqa to‘lasiz. Ayniqsa, “Bobomning ordenlari” nomli qo‘shiqni o‘rganib olsangiz, bobajoningizga kuylab bergan bo‘lardingiz. Biz bilan aslo zerikmaysiz!