Matematik fokus

Matematik fokus

 

Diqqat qiling! Men sizlarga, sonlar yordamida, oddiy lekin juda qiziqarli fokus ko‘rsataman. Buning uchun alohida tayyorgarlik ko‘rish shart emas.

Bir son o‘ylang va uni 2ga ko‘paytiring.

Chiqqan songa yana 8 ni qo‘shing va uni 2ga bo‘ling.

Yig‘indidan o‘ylagan soningizni ayring.

Sizda, 4soni hosil bo‘ladi!

Buning siri nimada? O‘ylab ko‘ring-chi.