Matematik fokus

Do‘stingizni tug‘ilgan kunini topish

Do‘stingizni tug‘ilgan kunini topish

Nafaqat do‘stingizni, balki xohlagan kishini qaysi sanada tug‘ilganini, osongina topish mumkinligini bilasizmi? Buning uchun kerakli sonlarni hayolan hisoblab chiqishingiz kerak.

Istagan kishingizdan o‘z tug‘ilgan kunini 2ga ko‘paytirib, chiqqan songa 5ni qo‘shishini ayting.

Hosil bo‘lgan sonni 50 ko‘paytirish kerak.

Unga tug‘ilgan oyning raqamini (masalan, mart—3) qo‘shing.

Bir daqiqa o‘tar o‘tmas, u kishining tug‘ilgan kunini topasiz.

Qanday qilib deysizmi? Hammasi oddiy.

Hayolan, sherigingiz aytgan sondan 250 ni ayirasiz.

O‘shanda 3,4 xonali sonlar hosil bo‘ladi.1,2 sonlar tug‘ilgan kun. Qolgani esa tug‘ilgan oy sanasidir.

Qani endi, do‘stim, “Erkatoy”ning ham tug‘ilgan kunini topishga harakat qilib ko‘ring-chi? Bizning sonimiz 2153 chiqdi. Shundan 250 ni ayiring.