Jazo masalasi

 

Bugun men matematika darsiga kechga qoldim. Ustozimiz esa juda qattiqqo‘l kishilar-da. Darsga kechikuvchilarni yoqtirmaydilar. Ular menga jazo tariqasida, sanoq cho‘plari ishtirokidagi quyidagi masalani berdilar.

 

Jazo masalasi

 

Besh dona sanoq cho‘pni joyini shunday o‘zgartiringki, uch dona uchburchak hosil bo‘lsin.

Aziz bolajonlar, bu masalani yechish uchun menga yordamlasha olasizmi? Ko‘chada o‘rtoqlarim kutib turishgandi. Futbol o‘ynamoqchi edik.