Ritserlar haqida boshqotirma

boshqotirma

 

Daryoning chekkasida uchta ritserlar turgan edi. Har bir ritserning o‘z yordamchilari ham bor. Ularning barchasi daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tishlari kerak. Qayiq esa bir dona. Unga faqatgina ikki kishi sig‘adi, xolos. Ustiga-ustak yordamchilar begona ritserlar bilan bir qayiqqa o‘tirishni xohlamadilar. Buni qarangki, oltovlon eson-omon narigi qirg‘oqqa o‘tib olishdi. Ritserlarning yordamchilari begona ritser bilan qolishmadi. Aytingchi, ular buni qanday uddalashdi?