Dehqon va sehrgar

bolalar, uchun, qiziqarli, matematik, boshqotirma

 

Bir dehqon yo‘lda ketayotib taqdiridan nolib shunday dedi:

—Kambag‘allikdan charchadim, cho‘ntagimda esa atigi bir necha tanga bor xolos. Qiziq, bohsqalar qanday qilib boy bo‘lisharkin-a? Qani edi men ham boy-badavlat bo‘lib keltsam. U shu gapni aytishi bilan qarshisida sehrgar paydo bo‘ldi va shunday dedi:

—Men senga yordam berishim mumkin. Hov anavi ko‘prikni ko‘ryapsanmi?

—Ha, ko‘ryapman, deb javob berdi, dehqon.

—Mana shu ko‘prikdan daryoning narigi tomoniga o‘tsang, kistangdagi puling ikki barobarga oshadi. Bordi-yu orqanga qaytsang, yana puling ikki martaga ortaadi. Mana shu ko‘prikdan har o‘tganingda, sening puling ikki barobarga ko‘payaveradi. Sen esa har o‘tganingda menga 24 tangadan berishing kerak, dedi sehrgar. Dehqon esa rozi bo‘ldi.

Dehqon ko‘prikdan bir marta o‘tib, tangalarini sanab ko‘rsa, haqiqatan ham ikki martaga ko‘payibdi. 24 tangani sehrgarga berdi. Ikkinchi marta o‘tganda ham tangalari ikki martaga ortdi. Sehrgarga yana 24 tangani sanab berdi. Uchincha martasida ham huddi shu xol takrorlandi, lekin dehqon tangalarini sanaganda roppa rosa 24 ta qoldi. Kelishuvga ko‘ra sehrgarga tangalarni berdi.

Aytingchi do‘stim, sehrgarni uchratmasidan oldin dehqonda necha tanga bo‘lgan?