Dehqonlar va kartoshka

Dehqonlar va kartoshka

 

Uch nafar dehqonlar ko‘cha bo‘ylab ketishayotgan edi. Bir oz dam olib va tushlik qilish maqsadida yon atrofdagi oshxonaga kirishdi. Oshxona bekasiga suvda pishgan kartoshka olib kelishini buyurib, o‘zlari uxlab qolishdi. Bir oz vaqt o‘tib, oshxona bekasi kartoshkalarni olib kelib, stolning ustiga qo‘yib ketdi. Lekin dehqonlarni uyg‘otmadi. Dehqonlardan biri uyg‘onib, stol ustida turgan kartoshkalarga ko‘zi tushdi. Sheriklarini turg‘izmay, kartoshkalarni sanab, uch kishiga teng taqsimladi. U o‘z ulushini yeb, yana yotib uxlab qoldi. Keyin ikkinchi dehqon ham uyg‘onib, kartoshkalarni ko‘rdi va u ham qolgan kartoshkalarni uchga bo‘ldi. O‘ziga tegishli kartoshkani yeb, u ham yana uyquga ketdi. Uchinchi dehqon ham uyg‘onib, sheriklari turib o‘z ulushlarini yeganliklarini bilmay, idishda qolgan kartoshkalarni uchga teng taqsimlab o‘ziga tegishlisini yeb qo‘ydi. Shriklari uyg‘onib idishda 8 ta kartoshka qolganini ko‘rishdi. Shunda hammasi ayon bo‘ldi.

Demak, oshxona bekasi nechta kartoshka pishirib olib kelgan? Dehqonlarning har biri nechtadan kartoshka yegan?