Ikki cho‘pon
Ivan va Pyotr ismli ikkita cho‘pon uchrashib qolishdi. Shunda Ivan Pyotrga:
— Menga bitta qo‘yingni bersang, qo‘ylarim soni ikki barobar ko‘payardi, — debdi.
Pyotr unga:
— Yo‘q, yaxshisi sen menga bitta qo‘y bersang, shunda ikkimizda ham qo‘ylarning soni teng bo‘lar edi, — debdi.
Aytingchi, har bir cho‘ponda nechtadan qo‘y bo‘lgan?