Qo‘riqchilarni joylashtirish

boshqotirma

 

Qal’a boshlig‘i devor bo‘ylab o‘n olti qo‘riqchini huddi rasmdagidek joylashtirdi. Har bir tomonga besh kishidan to‘g‘ri kelgan. Keyin polkovnik keldi. Unga bu ko‘rinish yoqmadi. U bu holatni o‘zgartirib, har bir tomonga oltitadan qo‘riqchi qo‘ydi. Polkovnik ketgach, general keldi. Polkovnik qo‘ygan qo‘riqchilar joylashuvini ko‘rib, jahli chiqdi. U har bir tomonga yettitadan qo‘riqchi qo‘yishlarini buyurdi.

Aytingchi, polkovnik va general qo‘riqchilarni qanday joylashtirgan?