Aldangan boy

boshqotirma

 

Boy duradgor ustaga yog‘ solingan ko‘zachalar qoyishi uchun 9 ta jovonlardan iborat shkaf yasashni buyurtma qildi. Duradgor unga chidamli, bejirim jovonlardan iborat shkaf yasab berdi. Boy 60 ta yog֥‘ to‘ldirilgan ko‘zani mana bunday joylashtirdi: Shkafning har bir burchak qismidagi jovoniga 6 tadan, o‘rta qismdagi jovonga esa 9 tadan ko‘zani qo‘ydi. Markazdagi jovonni bo‘sh ko‘zalarni qo‘yish uchun ochiq qoldirdi. Shunday qilib, skafning har bir tomonlarida 21 tadan yog‘ solingan ko‘za bor edi. Boy har kuni ko‘zalarni sanardi. Lekin hammasini sanab chiqishga juda erinardi. Shuning uchun shkafning har bir tomonida 21 tadan ko‘za borligini kuzatib turardi. Bundan foydalangan xizmatkor avvaliga 4 ta ko‘zani o‘g‘irladi. Qolganlarini shunday joylashtirdiki, shkafning har tomonida 21 tadan ko‘za bor edi. Boy esa o‘zining odatiy, osonroq usuli bilan ko‘zalarni sanardi. Lekin hech nimani sezmadi. Ikkinchi kuni xizmatkor yana 4 ta ko‘zani o‘mardi. Qolgan ko‘zalarni bir qarashda 21 ta bo‘lib ko‘rinadigan qilib joylashtirdi. Shunday qilib imkon bo‘lganda xizmatkor ko‘zalarni mana shu usulda o‘g‘irlardi.

Xizmatkor necha marta va hammasi bo‘lib nechta ko‘zalarni o‘g‘irlagan?