Jurnaldagi kod raqamini kiring

Audio ertaklar uz

Ayyor sayohatchilar

Ayyor sayohatchilar

 

21 ta sayohatchi sayohatdan qaytayotgan edi. Qornilari ochib, tushliq qilish maqsadida kichkinagina oshxonaga kirishdi. Oshxona xo‘jayinini chaqirib, hisob kitobdan so‘ng, stolda oxiri kim qolsa o‘sha hamma uchun to‘laydi, deb shart qo‘yishdi. Xo‘jayin ham rozi bo‘ldi. Xonaning 4 tarafida 4 ta stol bor edi. Sayohatchilar uchta stolga 7 kishidan bo‘lib joylashishdi. Oxirgi 4 chi stolga esa oshxona xo‘jayini o‘tirdi. Ovqatlanib bo‘lishgach, hisoblashni boshladilar. Soat strelkasi bo‘yicha sanab, har yettinchi kishini pul to‘lashdan ozod qildilar va u xursand bo‘lib chiqib ketdi. Buni qarangki, oxirgi bo‘lib, oshxona xo‘jayini qoldi va taom haqqini to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Aytingchi, qanday qilib oxirgi bo‘lib oshxona xo‘jayini qoldi? Ayyor sayohatchilar kimdan boshlab sanaganlar?