Shudring qayerdan paydo bo‘ladi?

Erta tongda butun o‘t-o‘lan mayda suv tomchilari bilan qoplangan. Yomg‘ir yog‘magan bo‘lsa, unga kim suv sepibdi?

Shudring qayerdan paydo bo‘ladi?

Erta tongda butun o‘t-o‘lan mayda suv tomchilari bilan qoplangan. Yomg‘ir yog‘magan bo‘lsa, unga kim suv sepibdi?

Issiq yoz kunlarida ko‘llar, daryolar, irmoqlar, ariqlar, o‘simliklar va tuproqdan namlik bug‘lanadi. Kechasi havo harorati pasayadi, bug‘ suvga aylanib, o‘simliklarning bargiga o‘tiradi. Quyosh yer yuzasini qizdira boshlagach, shudring shu zahoti bug‘lanib ketadi. Shuning uchun bu ajoyib tabiat hodisasini faqat tongda ko‘rish mumkin.