Arktika xo‘jayini

Odamlar oq ayiqni shunday atashgan. Bu eng yirik yirtqich. Arktikaning muz sohillarida yashaydi. Suvda zo‘r suzadi va sho‘ng‘iydi. Panjalaridagi barmoqlari suzish pardalari bilan birlashtirilgan.

Ular yordamida oq ayiq juda uzoqqa suzib, tyulen, morj va boshqa hayvonlarni ovlaydi. Uning juni shunchalik qalinki, hatto suvda ham ho‘l bo‘lmaydi va ayiq sovqotmaydi.

Ko‘pchilik oq ayiqning juni oq, deb o‘ylaydi. Bunday emas. Aslida uning juni shaffof. Oq ko‘rinishiga sabab, uning qor va muz rangini aks ettirishidir. Terisi esa qora bo‘lib, qalin jun ostida u ko‘rinmaydi, faqat birozgina burnida ko‘rinadi, xolos.