Hayvonlar podshosi 

- Bugun men senga bir qiziq jonivor – hayvonlar podshosi haqida so‘zlab bermoqchiman. 

- Men bilaman, deysan, - bu sherku. U o‘z oilasi bilan Afrikada yashaydi. Sherlar kun bo‘yi o‘ynaydilar, quyoshda toblanadilar, zerikkanda esa turli ohular, antilopalar, fillarni ovlashga kirishadilar. 


 - Ha, sher Afrikada yashaydi. Yana biz Hindistonda ham sherni uchratishimiz mumkin. Sherlar oilasi «prayd» deb ataladi. Sherlar bir-biri bilan juda inoq. Uchrashganda ular salomlashgandek tumshuqlarini tumshuqlariga mehr bilan surkashadi. Sherlar faqat och qolgandagina ov qilishadi. Agar sherning qorni to‘q bo‘lsa, antilopa uning tumshug‘i ostida bemalol yuraversa bo‘ladi, - indamaydi. Sherlar zebralarni, buqalarni, yovvoyi to‘ng‘izlarni ovlashadi, ammo fillar, karkidonlar va begemotlardan qo‘rqishadi.

- Agar sherlar shunchalik yoqimli bo‘lsa, nimaga mushuklarga o‘xshab ularni ham uyda boqish mumkin emas?

- Uy hayvoni uchun sher juda katta. Uning og‘irligi 200 kilogrammgacha bo‘ladi. Tasavvur qil, deraza tokchasida shunday mushukcha o‘tirsa. Sher bir kunda 5 kilogramm go‘sht yeydi. Tirnoqlari esa 7 santimetrgacha bo‘lib, sher atrofdagi narsalarga ishqalab, ularni charxlab turadi. Xafa bo‘lma, axir sherning qarindoshlari mushuklar shundoq ham biz bilan yashamoqda-ku.