Quyon yoki tovushqoncha?

Menga kichkina tovushqoncha sovg‘a qilishdi. Biram yoqimli, oppoqqing, momiq . Men uni katakdan chiqarib, qo‘limga oldim.

- Qanday chiroyli quyon! – dedi singlim.

- Bu quyon emas, tovushqon, – dedim uni tuzatib.

 - Tovushqon – bu uy quyoni, - turib oldi u.

U juda ham o‘jar.

- Tovushqon va quyon ko‘rinishlari o‘xshash bo‘lsa ham – har xil hayvonlar. Diqqat bilan quloqchalariga qara, tovushqonniki kaltaroq. Oldingi oyoqlari ham quyonnikidan kalta, shuning uchun sekin yuguradi. Junini to‘kkanda tovushqon rangini o‘zgartirmaydi, quyon esa o‘zgartiradi. Quyon yozda kulrang - qishda oq.

Uy tovushqonni – yovvoyilikdan qo‘lga o‘rgatilgan. Ha, quyonni qo‘lga o‘rgatishning imkoni bo‘lmagan. Quyondan farqli tarzda, yovvoyi tovushqon uya kovlab, unda uzoq yashashni yaxshi ko‘radi. Quyonning doimiy yashash joyi yo‘q. U hatto buta tagida ham joylashib yashashi mumkin.