Kaktus

Sen balki ko‘p marta kaktusni ko‘rgandirsan, uning tikanlari ham botgandir. Kaktus gullaganini ko‘rganmisan? Kaktusning har xil turlari o‘zgacha chiroyli gullaydi. Ba'zi kaktuslar esa o‘zlarining gullari tufayli mayda hasharotlarni yeydi. Bunday kaktus guli odatda och qizil bo‘lib, go‘sht hidi keladi. Aynan shu go‘sht hidi mayda pashshalarni chaqiradi. Pashshachalar uchib kelib, gulga qo‘nganda, gul “shap” etib yopiladi.

 Kaktuslar vatani – Janubiy Amerika. Afrika va Madagaskarga bu tikanli gulning urug‘ini ko‘chmanchi qushlar olib o‘tishgan. Kaktuslar issiqdan qo‘rqishmaydi, aksincha, qurg‘oqchilikni, issiq mamlakatlarni yoqtiradi. Kaktus namlikni ichida, sharbat shaklida saqlaydi.