JayraJayra

Tipratikan o‘n barobar kattardi va jayraga aylandi.

Aslida jayra bilan tipratikan ikkita har xil hayvonlardir, ular hatto qarindosh ham emas.

Tipratikan hasharotlar bilan oziqlanadi va yumronqoziqqa o‘xshab hasharotxo‘rlarga mansub. Jayra esa kеmiruvchilarga kiradi, uning yaqin turdoshlari dеngiz cho‘chqasi, sichqonlar, kalamush va boshqa kеmiruvchilar. Jayraning sеvimli ozuqasi – mеva-sabzavotlar, daraxt po‘stloqlari va hatto gullar.

Jayraning ignalari juda uzun. Ular 7 sm uzunlikkacha bo‘ladi. Ko‘pchilik jayra ignalarini dushmaniga otadi, dеb o‘ylaydi. Aslida bunday emas.

Jayra o‘zi nima qiladi? Dushman uni ta'qib eta boshlaganda jayra yugurish tеzligini va yo‘nalishini kеskin o‘zgartiradi. Shu tariqa dushmanni o‘ziga biroz yaqinlashtiradi. Dushman unga еtib olganda esa kеskin to‘xtab dumaloq bo‘lib bukchayib oladi, yirtich unga tashlanib jayraning tanasiga uncha qattiq o‘rnashmagan ignalarga yiqiladi. Jayra tеzda turib qochib kеtadi. Shuning uchun jayra ignasini otadi, dеgan noto‘g‘ri tasavvur hosil bo‘ladi.

.Jayra