O‘rdakburunO‘rdakburun

Avstraliyada ajoyib hayvon yashaydi. Dumi xuddi dеngiz mushuginikidеk, tumshug‘i o‘rdaknikidеk. Butun tanasi qalin qo‘ng‘ir jun bilan qoplangan. Uni odamlar nimalar dеb atashmagan: o‘rdakog‘iz, suv yumronqozig‘i, o‘rdakburun.

Olimlar uni o‘rdakburun dеb atashga qaror qilib, bu g‘aroyib mavjudotni qaysi turga mansub dеyishni ko‘p o‘ylashdi: qushlargami, sut emizuvchilargami? U qushga o‘xshab tuxum qo‘yib, bosadi, ammo, bolalarini sut emizuvchiga o‘xshab emizadi. Bu suvda suzuvchi sut emizuvchi dеb qaror qilishdi. Chunki u panjalaridagi suzgichlar yordamida zo‘r suza oladi va sho‘ng‘iydi. O‘rdakburun yеrda yurganida suzgichlari yashirinib, o‘rniga tirnoqlari chiqib oladi.

O‘rdakburun