Timsoh va alligator orasidagi farq

Eng katta farq – ularning tishlarida. Timsohning  jag‘lari yopilganda, pastki jag‘ida katta to‘rtinchi tish ko‘rinib turadi. Alligatorning esa bu tishini tepa chag‘i yopib, ko‘rsatmay turadi. Shuningdek, ularni tumshug‘ining shakli bo‘yicha ajratish mumkin: haqiqiy timsohning tumshug‘i uchli, V shaklida, alligatorniki to‘mtoq, U shaklida.

Timsohlarda alligatorlarnikiga qaraganda tuz almashinuvi birmuncha shakllangan. Ortiqcha tuz timoh organizmidan tilda joylashgan maxsus tuz bezlari (lingval bezlar), shuningdek, yosh bezlari («timsohnikidek ko‘z yoshlar») orqali chiqariladi. Shuning uchun timsohlar sho‘r suvda yashay olishadi, alligatorlar esa faqatgina chuchuk suvda yashaydilar.

Timsoh ko‘z yoshlari. Aslida timsohlar ezilgandan «yig‘lashmaydi». Gap shundaki,  organizmda tuz miqdori ortganda, ularni chiqarish uchun timsohning ko‘zi oldida maxsus bezlar to‘g‘ri tashqariga ochiladi. Shu tariqa, «timsoh ko‘z yoshlari» - organizmning himoya reaksiyasi bo‘lib, ortiqcha tuzlarni chiqarishga yo‘naltirilgan.