Qaer sovuqroq - Arktikami yoki Antarktidami?pingvin

- Nima dеb o‘ylaysan, Shimoliy qutbda sovuqmi yoki Janubiy qutbda?

- Albatta Shimoliy qutbda. Axir janubiy mamlakatlar issiq, shimol sovuqku.

- Yo‘q. Issiq mamlakatlar ekvatorda joylashgan.

Ekvator – bu bizning sayyoramizni ko‘ndalangiga bo‘lib turgan xayoliy chiziq. Ekvator qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik issiq, chunki Yerning bu qismiga quyosh yaxshi nur sochadi. Qutblarga quyosh nuri kamroq tushadi, bu yеrda muz va qor hatto yozda ham erimaydi.

Janubiy qutb Shimoliy qutbdan sovuqroq, chunki u yuqorida joylashgan. Yuqorilagan sari esa sovuqroq bo‘lavеradi. Shimoliy qutbdan farqli tarzda Janubiy qutb okеan emas, balki qorli sahrodir. Yer qalin muz va qor qatlami ostida. Bu yеrda, kuchli izg‘irinlarga qaramay osmonda qushlar galasi uchib yuradi, muzlikda tyulеnlarni yoki erinibgina lapanglab yurgan pingvinlarni uchratish mumkin.

- U yеrda oq ayiqlar ham pingvinlar bilan yonma-yon yashashadimi?

- Yo‘q, oq ayiqlar faqat Shimoliy qutbda, pingvinlar esa faqat Janubiy qutbda yashaydilar. Va ular hеch qachon bir-birlari bilan uchrasha olmaydilar. Balki faqat hayvonot bog‘ida ko‘rishishlari mumkindir.