Kapalak

Biz oilamiz bilan dala hovlida dam olayotgan edik. Kun issiq edi. Men o‘rindiqda o‘tirib, kitob o‘qirdim. Shu atrofda singlim qo‘shni qizcha bilan o‘ynab yurardi. Ular men tomonga yugurib kelishdi.

- Qara, men qanday chiroylisini ushladim, – dedi singlim, sariq kapalakning qanotidan ushlab.

- Bu limonnisa. Endi u ucha olmaydi. – Xafa bo‘ldim men.

- Nega? – So‘radi singlim.

- Kapalaklarni qanotidan tutish mumkin emas. Ular tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, oson to‘kilib ketadi. Bunday ezilgan qanotlar bilan endi u ucha olmaydi. – Tushuntirdim qizaloqlarga.

Singlim dugonasi bilan ushlab olgan kapalagiga xafa bo‘lib qarardi.

- Kel, uni bargga qo‘ndiramiz. – Taklif qildi dugonasi.

- Yaxshisi gulga, kapalaklar nektar bilan oziqlanishadi. – Maslahat berdim ularga.

Biz kapalakni qo‘ndirishga gul tanlar ekanmiz, singlim eng chiroyli gulni qidirar edi, men ularga kapalaklar qanday paydo bo‘lishi haqida gapirib berdim.

- Kapalak barglarning orqa tomoniga mayda tuxumchalar qo‘yadi. Keyin ulardan ochko‘z g‘umbak yorib chiqadi. U barg yeyishdan boshqa hech narsa qilmaydi. G‘umbak o‘sadi va qurtga aylanish vaqti yetadi. Biror hasharot yeb qo‘ymasligi uchun o‘ziga pana joy qidiradi. Shunday joy topib, shoyi ip ajrata boshlaydi, mahkam o‘rnashib, unga o‘zini o‘raydi. Shoyi pilla hosil bo‘ladi. Pillada qurt kapalakka aylana boshlaydi. Aylanish tugaganda, pilla yoriladi va undan kapalak chiqadi.