Filga xartum nega kerak?

Boshqa hayvonlar xartumsiz yashaydiku?

Boshqa hayvonlar old oyoqlari bilan ozuqa topa oladilar, fil esa yo‘q. Birinchi o‘rinda, xartum filni boqadi. U xartumi bilan daraxtlardan barglarni uzib, og‘ziga soladi. Agar havo juda issiq bo‘lsa, fil xartumi bilan suvni yutadi va ustiga sepadi.

Filni hasharotlar bezovta qilib, chaqqanda xartumi bilan ularni quvadi yoki tanasini qashiydi. Filning xartumi shunchalik kuchliki, u daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashlay  oladi. Albatta, fil xartumi orqali nafas oladi va narsalarni xartumi bilan hidlaydi. Boshqa fillar bilan muloqot qilish uchun xartumi yordamida ovoz chiqaradi.