Tungi osmonda biz nimani ko‘ramiz?

Kechasi uxlashga yotasan, xonang chirog‘ini o‘chirasan va o‘rningda yotib, derazadan yulduzlarga boqasan. Ular ham senga qarab, ko‘z qisgandek bo‘ladi. Men o‘ylab qoldim, yulduzlar o‘zi nima?

Bizga eng yaqin yulduz – Quyosh. Agar Quyoshni kunduzi ko‘rsak, nima uchun boshqa yulduzlarni faqat tunda ko‘ra olamiz?

 Chunki quyosh nuri uzoq yulduzlar nurini bosib ketadi.

Ko‘chalar yoritilmaydigan shaharda yulduzlar juda yaxshi ko‘rinadi. Yoritgichlar ham yulduzlar nurini kesadi.

Qadimda odamlar osmonni yulduzlar qadalgan billur gumbaz deb tasavvur qilishgan. Ular, shuningdek, osmonda harakatlanayotgan yoritgichni ham kuzatishgan. U hali bir tomonga, hali boshqa tomonga burilib harakatlangan. Bunday chiroqchalarni qadimgi yunonlar sayyor yulduzlar – planetalar deb atashgan. Lekin sayyoralar o‘zlari yonmaydi. Biz ularni faqat Quyosh yoritganda ko‘ra olamiz, xolos.