TuyaqushTuyaqush

Yer yuzidagi eng yirik qush hisoblanadi. Uning bo‘yni uzun va patsiz, boshi  kichikroq, gavdasi og‘ir bo‘ladi. Tuyaqushning oyoqlari juda uzun va baquvvat bo‘lib, ular juda tez yuguradi.  Bo‘yi 3 metr, og‘irligi 100 kilogramm bo‘lishiga qaramasdan, ular soatiga 60-70 kilometr tezlikda yugura olishadi. Yugurayotganda qadamining kengligi 2-3 metrga yetadi.

Urg‘ochi tuyaqushlar 8-10tagacha tuxum qo‘yishadi.  Tuxumlari juda yirik, og‘irligi 1400grammga yetadi. Ko‘pincha katta uyaga bir necha tuyaqush tuxum qo‘yganidan uyadagi tuxumlar soni 50-60 tagacha etadi. Tuxumlarni erkagi va urg‘ochisi navbat bilan bosib yotadi.

Tuyaqushlar juda qadimgi qushlardan hisoblanadi. Qadimgi davrlarda ular Janubiy Osiyo, Shimoliy Xitoy, Mongoliya, Shimoliy Qozog‘iston va Ukrainada tarqalgan. Hozir esa ularning soni kamayib ketgan, Janubiy Amerika, Afrika va Avstraliyada uchratishimiz mumkin.

Tuyaqush