KenguruKenguru

Kenguru o‘ziga xos hayvon. Hatto hayvonot  bog‘ida ham onasining qornidagi xaltachadan bolasini qiziqish bilan qarab turganini ko‘rish mumkin. Xaltacha chuqur teri qatlamidan iborat bo‘lib, kenguruning deyarli butun qornini bekitib turadi.

Bolasi juda kichkina, ko‘zi yumuq holda tug‘iladi. Uzunligi (dumi bilan birga) ikki yarim metrdan ortiq bo‘lgan katta sariq kenguruning bolasi atigi 3 santimetr bo‘lib tug‘iladi. U tug‘ilgan zahoti birinchi sayohatiga yo‘l oladi: onasining yordamisiz, uning qornidagi junlariga o‘tkir tirnoqlari bilan yopishib, xaltachaga etib boradi va unga kirib oladi.

Kenguruning tana tuzulishi g‘alati – orqa oyoqlari baquvvat, dumi salmoqli. Yilkalari tor, oldingi panjalari esa kichkina bo‘lib, qo‘llariga o‘xshab ketadi. Kenguru barcha yuvosh hayvonlar singari, odatda dushmanidan qochib qutiladi. U baquvvat orqa oyoqlariga tayangan holda, 12 metrgacha uzunlikka va 3 metrgacha balandlikka sakrab juda tez yuguradi. Afsuski, bu hayvon faqat Avstraliyada saqlanib qolgan.