Qadimgi dunyoning etti mo‘jizalaridan birinchisiQadimgi dunyoning etti mo‘jizalaridan birinchisi

Misr ehromlari qadimgi dunyoning etti  mo‘jizalaridan biri hisoblanadi. Ehromlarning eng mahobatlisi fir'avn Xеops piramidasidir. Bundan bеsh ming yil muqaddam (eramizdan 28 asr avval) qad rostlagan ehromning balandligi dastlab 147 mеtrni tashkil etgan. Ammo qum barxanlari bosqini tufayli uning bo‘yi hozirgi kunda 137 mеtrga tushib qolgan. Uning har bir tomoni 233 mеtrni tashkil qiladi. Atrofini aylanib chiqish uchun bir kilomеtrga yaqin masofa kerak bo‘ladi.
Xeops ehromi silliqlab tarashlangan va jilo berilgan 2 million 300 mingta ohaktosh plitalardan bunyod etilgan. Har bir plitaning og‘irligi 2-2,5 tonnaga teng.

Hisob-kitoblarga qaraganda, ehromning yuqori qismidagi har bir toshning og‘irligi 2,5 tonna, asos qismidagi eng katta toshning og‘irligi 15 tonna bo‘lib, piramidaning umumiy og‘irligi besh million etti yuz tonnani tashkil qilar ekan.
Tosh plitalar bir-biriga shu qadar jips terilgan ekanki, orasi 5 millimetrdan oshmas ekan.
Gizadagi ehromlar ichida ulkanligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchisi fir’avn Xefrenga tegishli bo‘lib, u Xeops piramidasidan 40 yil keyinroq qurilgan. Bu ehrom asosi tomonlarining uzunligi 215 metrdan, balandligi esa 136 metrdir. Ehrom cho‘qqisidagi qadimiy bezak namunasi oq bazalt qoplamasi qisman saqlanib qolgan.
Uchinchi ehrom oldingi ikkitaga qaraganda ancha kichik. U fir’avn Mikeringa tegishli bo‘lib, ming yillar davomida o‘z nafisligini saqlab qola olgan. Bu kenja piramidaning tomonlarining uzunligi 108 metrdan, balandligi esa, 66,5 metrga (hozir 62 metr) teng bo‘lgan.