Yetti «mo’jiza»ning ikkinchisi

Yetti «mo’jiza»ning yana biri Semiramidaning samoviy bog’laridir. Bu bog’lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo’lgan. Samoviy bog’larning yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog’lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o’z saroyini baland sun’iy maydon ustiga qurgan.Maydonga qavat-qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustunlar tutib turgan. Ularning balandligi 24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o'sgan va ular Furot daryosi suvi bilan sug'orilgan. Arxeologlar Furot daryosi bo'ylaridan osma bog'larga tegishli deb taxmin qilinayotgan devorlarni topishgan. Suvni tepaga ko’tarib beradigan, charm idishlar o’rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog’lar shu darajada go’zal ediki, uni etti iqlimda yo’q «Bog’i Eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog’larni ko’ra olmaydilar. Frot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog’lar o’rnida minoracha ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.

Yetti «mo’jiza»ning ikkinchisi