Qanday qilib sigir uy hayvoniga aylandi?

Qadim-qidim zamonlarda odamlar yerga ishlov berishni, ekishni mahsulot, yetishtirishni o‘rgandilar. Ulkan dalani qo‘l kuchi bilan ag‘darish og‘ir, albatta. Shunda ular dalada o‘tlab yurgan yovvoyi buqalar podasi tomonga qaray boshlashadi. Bu kuchli hayvonlar 800 kilogrammga yaqin vaznga ega edi. Bunaqa hayvon dalada juda yaxshi yordamchi. Omochga bog‘lasang, butun dalani haydab beradi.

 Yovvoyi buqani uy hayvoniga aylantirish shundan boshlangan.

Sigirlar, o‘z yovvoyi ajdodlari singari podada yashashni yoqtiradilar. Podada har doim asosiy sigir – etakchisi bo‘ladi. U birinchi bo‘lib o‘t eydi, birinchi bo‘lib dam olishga yotadi va doimo podaning oldida yuradi. Sigirlar aqlli jonivorlar. Ular doim uyga yo‘lni biladilar va topa oladilar.

Hindistonda sigirlar muqaddas sanaladi. Ularga sig‘inadilar, sigir tasvirlari bilan ibodatxona va saroylarni bezaydilar.