Qiziqarli ma’lumotlar:Qiziqarli ma’lumotlar

Bilasizlarmi bolajonlar, hayvonot dunyosining o‘ziga xos xislatlari mavjud. Bir quloq bering-a, bular sizni qiziqtirishi tabiiy.

Butun mavjudotlar ichida faqat sher quyoshga tik boqa oladi. Balki shu sababli u hayvonlar qiroli bo‘lsa kerak.

Voy uyquchi-ey. Ko’rganimizda etimizni junjikadigan ilon 3 yil davomida uxlashi mumkin ekan. 

Bilasizmi, bizni tuxumlar bilan ta’minlab turuvchi parranda ya’ni tovuqlar qorong’ulikda to‘g‘irog‘i kechasi ovqat yemas ekan.  

Pashshada ham tish bor. Biz biladigan pashshada 22 ta tish bor ekan.Demak,u chaqishi,qolaversa, tishlashi ham mumkin.   

Chayon qancha vaqt och yura oladi. Biz ehtiyot bo’lisimiz zarur bo’lgan chayon yil davomida ovqat yemasdan yura olar ekan.  

Uchaverib yurishni unutgan qush. Chaqqon kalibrilarning oyoqlari kaltaligi sababli yura olishmaydi. Bechora qush! 

Vertolyotlar uchishi ta’qiqlangan hudud. Antarktikada qisqa bo’yinli pingvinlar osmonga qarayman deb yiqilib tushmasliklari uchun vertolyotlar uchishi ta’qiqlangan. Qiziq-a…       

Bilasizmi, kapalaklarning 12 mingta ko’zi bore ekan. Yo tovba!