Urib qochar

 

Urib qocharO‘yinda oltitadan sakkiztagacha bolalar ishtirok etishi mumkin. Avval yerga ikkita aylana chiziladi. Bolalar o‘yinboshi saylashadi. O‘yinboshidan boshqa barcha bolalar aylanalardan birining ichiga turib olishadi. Boshlovchi qo‘lidagi koptokni belgilangan masofadan turib doiraning ichidagi bolalarga qarab otadi. Koptok kim tomonga qarab uchib kelsa, o‘sha bola koptokni urib yuborib, ikkinchi doiraning ichiga yugurib o‘tadi. Doira tashqarisidagi bola yana koptokni bolalarga qarab otadi, koptokni qaytargan bola narigi doiraning ichiga yugurib o‘tadi. Shu vaqtda ikkinchi doiradagi bola birinchi doiraga qaytib o‘tishga harakat qiladi. Agar boshlovchi chaqqonlik qilib uni koptok bilan ursa o‘sha bola o‘yindan chiqadi. Demak, o‘yin shu tarzda davom etadi. Koptok otilgan aylana ichidagi bolalardan oxiri qolgan bola g‘olib sanaladi. Keyin u boshlovchi bilan joy alamashadi va o‘yin qaytadan yuqoridagi tartibda davom ettiriladi.