To‘p otar

To‘p otar

 

Bu o‘yinda otitadan sakkiztagacha bolalar ishtirok etadi. Qizlar ham o‘ynasa bo‘ladi. Bolalar soniga qarab yerga doira chiziladi. Doira ichiga hamma bola joylashadi. Doira tashqarisida qolgan boshlovchi qo‘lidagi to‘pni doira ichidagi bolalarning ustiga-balanga otadi va ularning birini ismini aytadi. Ismi aytilgan bola to‘pni ilib olishi lozim. Qolganlar doira ichidan iloji boricha uzoqroq qochib ketishi kerak. To‘pni tutgan bola darhol “tutdim” deyishi lozim. Shu so‘zni eshitgan ishtirokchilar darhol turgan joyida qotishi shart. To‘pni ushlagan bola doiradan tashqarida turgan bolalarni birini tanlab, to‘p bilan urishga harakat qiladi. To‘p tekkan bola o‘yindan chiqadi. Kimki, to‘pni ushlab olsa o‘sh bola bitta jon qo‘lga kiritadi. Demak uni doira ichidagi bola ikki marta to‘p bilan ursagina, o‘yindan chiqadi. O‘yin shu tariqa barcha ishtirokchilarni to‘p otib, o‘yindan chiqarguncha davom etadi. Oxiri qolgan bola g‘olib sanaladi.

To‘p otar