Yong‘oq otar

 

Yong‘oq otarBu o‘yinda to‘rttadan sakkiz-tagacha bolalar ishtirok etishadi. Bolalar ikki guruhga bo‘linishadi.

O‘yin boshlanishidan avval yerdan to‘rtta doira shaklidagi chuqurcha kovlanadi. Guruhlar chuqurchalardan olti metr uzoqlikda chizilgan chiziq yonidan turib, qo‘lidagi yong‘oqlarni chuqirchaga otadi. Birinchi guruhdagi bolalar qo‘llaridagi yong‘oqni otib bo‘lgach, chuqurchaga tushirilgan yong‘oqlar sanaladi. Keyin ikkinchi guruhdagi bolalar o‘z qo‘llaridagi yong‘oqlarni chuqurchaga otishadi. Hamma o‘z yong‘og‘ini otib bo‘lgach yana chuqurchadagi yong‘oqlar sanaladi. Qaysi guruhning yong‘oqlari churchaga ko‘p tushgan bo‘lsa o‘sha guruh g‘olib sanaladi. Mag‘lub bo‘lgan guruh yong‘oqlar farqini g‘olib guruhga to‘lab beradi.

Har bir guruhda yong‘oqlar soni teng bo‘lishi kerak.

Yong‘oq otar