To ‘quvchi o’rgimchak “xola”

 

To ‘quvchi o’rgimchak xolaDam olish kuni omborxonani tozalayotib, burchakdagi o’gimchak to’riniga ko’zim tushdi. Nima uchun o’rgimchak xola to’r to’qir ekan-a? Bu savol siz qiziquvchan bolalarga ham qiziq bo’lsa kerak? O’rgimchak o’z so’lagidan ipga o’xshash tola hosil qiladi, desam ishonmasangiz kerak-a. Lekin bu ayni haqiqat. Va undan mustahkam to’r to’qiydi. To’quvchining o’zi esa qayoqqadir g’yib bo’lgan ko’rinadi. Yo’q, yo’q u shu yerda ekan. Pistirmada o’ljasini poylab yotganga o’xshaydi. Bordi-yu hasharot ilinib qolguday bo’lsa, darrov to’riga o’rab oladi. U juda chaqqon harakat qiladi.

O’rgimchak to’qigan to’ridan nafaqat o’lja tutishda foydalanadi, balki uya ham quradi. Undan tashqari, o’rgimchak o’z to’rlariga ilinib ucha oladi. Albatta shamolning yo’nalishiga qarab harakatlanadi.