Ko‘rshapalak

 

Ko‘rshapalakYozning iliq kunlarida qorong‘i tushishi bilan havoda  ajoyib jonizotlar paydo bo‘ladi.  O‘zi kichkina lekin tanasi mo'ynali. Qanotlari esa patdan emas teri bilan qoplangan. Katta-katta quloqlari ham bor. Gap qaysi jonzot haqida ekanini sezib turgandirsiz? Ko‘rshapalaklar kechasi ov qilishga chiqadilar.

Qorong'ida ko‘rishapalaklar biroz qo‘rqinchli ko‘rinsalar ham, zararli hasharotlarni paqqos tushirishni xush ko‘radilar. Havf-xatarni quloqlari orqali his qiladilar. Buni qanday uddalashar ekan-a?

Ko‘rshapalaklarning katta quloqlari biz eshitishimiz mumkin bo'lmagan signalni eshita oladi. Hatto eng kichik hasharotlar ham bu yirtqichdan qutulolmaydi.

Kunduzi ular daraxt shoxlarida yoki ovloq joylarda, boshlari osilgan holda o'z qanotlariga o'ralib uxlashadi. Havo sovushi bilan, ularning ayrimlari issiq o‘lkalarga uchib ketishadi. Qolganlari esa muzlab qolmaslik uchun gala-gala bo‘lib to'planib oladilar.