Er osti quruvchisi

 

Er osti quruvchisiYer ostida jajji hayvoncha yashaydi. Uning butun tanasi qalin qora mo'yna bilan qoplangan. Ko'zlari kichik, shuning uchun bo‘lsa kerak ko‘rish qobiliyati ancha past. Lekin bu holat unga aslo xalal bermaydi, chunki yer osti shundoq ham qorong‘i-da. Ehtimol, siz gap qanday jonzot haqida ekanini taxmin qilgandirsiz?

Albatta bu krot.

Bu jonivor uyini juda murakkab quradi. U qazigan yer osti yo‘llarining markazida yashaydi. Qazigan yer osti yo‘llari orqali g‘amlab qo‘ygan yemishi tomonga o‘ta oladi. Bu moxir quruvchi kechalari yer ustiga ov qilish uchun chiqadi. Uning asosiy yemishi qo'ng'izlar, qurtlar va boshqa hasharotlardan iborat. Bu jonivor juda mehnatsevar.