G’or

G’or

 

Bundan yuz yillar avval buyuk sarkarda Amir Temur Kesh shahrini dushmanlardan ozod qilishga tayyorgarlik ko’rayotgan edi. U g’or ichida o‘z armiya safini kengaytirishni boshlab yubordi. Yaqin atrofdagi qishloqlardan jasur, baquvvat yigitlar safga qo’shila boshladi. Amir Temurning armiyasi yetarli kuch to’plagach, ular o’z shahrini dushmanlardan ozod qildi. O‘sha paytlardan beri mana shu g’or Amir Temur nomi bilan atala boshladi. Amir Temur g’ori O’rta Osiyodagi eng uzun g’or hisoblanadi. U yerga tushish oson emas. Ko’z ilg’amas so’qmoqni topish ancha mushkul. G‘orning ichkarisiga kirsangiz, huddi labirintga tushib qolganga o’xshysiz. Ularning birida kichik ko’l  ham bor. G’orning shiftida esa toshli sumalaklar osilib turadi. Bu qattiq jism “stolaktit”lar deyiladi. Ular qanday hosil bo’lar ekan-a?

Yomg’ir yoqqanda yer yuzasidagi suvlar g’or ichiga o’tib, shiftda tomchilar hosil qiladi. Tomchilar qurib, o‘zidan  qattiq qism qoldiradi. Yuz yillar davomida qismlar ustm-ust bo’lib, stolaktit ya’ni toshli sumalaklarni xosil qiladi. Stolaktitdan yomg‘ir suvining pastga tushishi oqibatida “stolakmit” xosil bo’ladi. Osmonning ko‘zyoshlari nafaqat stolaktit, stolakmit yasovchi “haykaltarosh”, u ko’pgina g’orlarni “quruvchi” hamdir. Yer ostidan otilib chiquvchi vulqonlarning ham g’or yaralishida hissasi katta.