Robotlarning qanday turlarini bilasiz?

Robotlarning qanday turlarini bilasiz

 

Mehnatni yengillashtirish uchun insonlar robotni o’ylab topishgan. Og’ir mehnatda va zavodlardagi ishlarni tez va samarali bajarishda robotlarga yetadigani yo’q. Bundan tashqari, robotlar kasalxonalarda shifokorlarga yordamchi hamdir. Qutqaruvchilarga esa yoqolgan kishilarni topishda ularning xizmati kata. Bekalarimizga uyni tozalshda ko‘makdosh robot — changyutgich hisoblanadi.

Bugungi zamonaviy changyutgich robotni quvvatlantirishning hojati yo’q, chunki uyni tozalab bo’lgandan so’ng uning o’zi qurilmani topib quvvatlanishga kirishadi. Lekin hamma robotlar ham insonga o’xshamaydi. Ular har xil shaklda bo’lishi mumkin. Masalan, yaponiyalik olimlar siz va bizga o’xshash robot yasash ustida ish olib bormoqdalar. Bu tinib tinchimas olimlar  2009-yilning iyun oyida qo’l oyoqlari qimirlaydigan, ko’zlarini ochib yopa oladigan va hattoki jilmayadigan robotni yaratdilar. Bu robot hafalik va xursandchilik hissini ko‘rsata oladi. Olimlar bu bilan chegaralanib qolmayaptilar. Keyingi robotlar nimalar qila olishi mumkinligi haqida taxmin qilgandirsiz?

Robotlarning qanday turlarini bilasiz