Kartoshkaning sayohati

Kartoshkaning sayohati

 

Qadim zamonlarda, janubiy Amerika dalalarida karto‘shka o‘z holicha o‘sgan. Qabilalar bu o‘simlikni yeyish mumkinligini ham bilishmagan. Bir kuni odamlar yegulik izlab yurgan vaqtlarida, yerda gullab turgan kartoshkani ko‘rib qolishgan. Uni kovlab olib pishirib tanavvul qilishsa, mazasi ajoyib ekan. Xindular esa kartoshkalarni quritib, ko‘proq muddatga saqlashgan. O‘sha vaqtlarda xindulardan tashqari, hech kim karto‘shka nima ekanini bilmagan.

Bir kuni ispaniyaliklar kema orqali bu yerga suzib kelishgan. Aslida ularning maqsadi, oltin topish bo‘lgan. Ular ildizli o‘simlik yani kartoshkaga duch kelishgan. Shundan so‘ng Ispaniyaliklar ham kartoshka yetishtira boshlashgan. “Sayohatchi” karto‘shka tasodifan Irlandiyaga ham  kelib qoldi. Buning sababi, Irlandialiklar o‘z kemasida Anglya tomon suzib kelayotgan paytda dengiz to‘foni ularni Ispaniya qirg‘oqlariga olib kelgan. Bu yerda ular o‘zlariga notanish ildizsimon o‘simlikka duch kelishgan. Shundan so‘ng shu o‘simlikni yetishtira boshlaganlar. O‘sha vaqtlardan buyon irlandiyaliklar deyarli barcha taomlarni kartoshka solib tayyorlashadi.

Fransiyada esa xarbiy dorishunos olim, birinchi bo‘lib kartoshka yetishtirishni boshlagan. U ushbu o‘simlikni ekish maqsadida Fransiya qirolidan maxsus yer uchastka so‘ragan. Ekinlarni hatto askarlar qo‘riqlagan. Hosil pishgan vaqtda kechasi askarlar yo‘qligidan foydalangan mahalliy aholi yetilgan hosillarni o‘g‘irlashgan. Shundan keyin kartoshka butun Fransiya bo‘ylab tarqalgan. Mahalliy aholi karto‘shka gulini ham sotishgan. Shunday qilib, bu mazali o‘simlik ko‘pgina davlatlarga sayohat qilgan. Bugungi kunda kartoshkaning bir talay turlari yetishtirib, barchaning sevimli sabzavorlari sirasiga kiradi.

Kartoshkaning sayohati