Havo shari

Havo shari

 

Yoz kunlarining birida, dadam ikkimiz saylgohda aylanib yurgan edik. Jaziramada biroz dam olish uchun favvora yonidagi o‘rindiqqa o‘tirdik. Bir payt yonimizga bir to‘p shark ko‘tarib olgan sotuvchi keldi. Qo‘lidagi rang-barang sharlari xuddi uchib ketay deb turganga o‘xshardi.

—Birdan qattiq shamol bo‘lib, sharlar uchib ketsa zo‘r ish bo‘lardi-da, deb o‘yladim. Qani endi men ham shunday ucha olsam. Shu payt dadam:

—Shar olib beraymi?,deb so֥‘radilar.

— Albatta, deb suyunib ketdim. Biz havorang shar sotib oldik, chunki shu rang menga juda yoqadi. Sharni uchib ketishidan qo‘rqib, mahkam ushlab oldim.

— Dadajon, nima uchun uyda ishirgan sharimiz uchmaydi, deb qiziqib so‘radim.

— Gap shundaki, qo‘lingdagi shar kimyoviy havo bilan to‘ldiriladi. Shuning uchun ham osmonga ko‘tarilishi oson. Agar suv bilan to‘ldirsak, yerga tushib yorilib ketishi mumkin.

— O‘g‘lim, sharni kim o‘ylab topganini bilasanmi? — deb so‘radilar dadam.

— Yo‘q, dedim yelkamni qisib. Olim, Maykl Faradey o‘zining tajribalarini o‘tkazish maqsadida sharni o‘ylab topgan. Shundan so‘ng bu pufaklar butun yevropa bo‘ylab tarqalgan. O‘sha paytlarda sharning sifati unchalik yaxshi bo‘lmagan.  Tezda yorilib, rangi ham salga o‘chib ketgan. Lekin yildan yilga sharni takomillashtira boshlashgan. Hozirga kelib esa ularning mehnati samarasi, sening qo‘lingda turibdi.

Agar sharni ehtiyotkorlik bilan spitsa bilan teshilsa yorilmaydi. Buning uchun sharning puflash joyidan spitsani kirgizamiz va sharni tepa qismidan teshib chiqaramiz. Chunki pufakning tepasining rezinasi qalinroq bo‘lgani sabab spitsani o‘rab oladi. Sharni esa yorilib ketmasligini ta’minlaydi.

Yana bir qiziq ma’lumot. Agar apelsin po‘stini sharga siqib sachratsangiz tezda yorilib ketadi. Suyuqlik tarkibidagi limonen moddasi har qanday rezinani eritib yuboradi. Dadamning aytayotgan qiziq ma’lumotlarni tinglashga shunchalik berilib ketibmanki, qo‘libdagi sharni qo‘limdan chiqib ketganini ham sezmay qoldim. Uni tutishga ham urinmasdan, osmon tomon ko‘tarilishini tomosha qildik. U ancha uzoqlashib bogan sari kichk nuqta bo‘lib ko‘rindi.

Havo shari