Iguana nima?

Iguana

 

Tropik o‘rmonlarda yashaydigan iguana nomli kaltakesaklar haqida eshitganmisiz? Biz sizga bu jonivor haqida qiziqarli ma’lumot bermoqchimiz. Iguanalar o‘txo‘r jonivorlar qatoriga kiradi. O‘txo‘r degani, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi ma’nosida keladi. Iguanalar daraxt barglari va mevalar bilan oziqlanadi. Uning kuchli panjalari daraxtga osongina chiqish uchun mo‘ljallangan. Bel sohasida esa bejirim toji bor. Eng qizig‘i, ularning ko‘zi uchta bo‘lib, uchinchi ko‘zi boshining tepa sohasida joylashgan. Bu ko‘zi yordamida u jismlarni ko‘rmasa ham yorug‘lik va qorong‘ilikni ajrata oladi. Iguana juda yaxshi suza oladi. Biror xavfni sezib qolsa, daraxtdan to‘g‘ri suvga sakraydi.Shuning uchun iguanalar ko‘proq suv havzalari yonida yashaydi.